Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati tibbiy buyumlar va uskunalar işlab çiqarişga Xitoy investitsiyalarini jalb etiş imkoniyatlarini örganmoqda. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Viloyat delegatsiyasi Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi Szinsyan uyezdiga taşrif buyurdi. Uşbu hudud «tibbiy uskunalar vatani» deb ataladi.
Taşrif davomida Andijon viloyati vakillari Hongda va Mayoreen kompaniyalarining işlab çiqariş jarayonlari, texnologiyalari hamda mahsulot turlari bilan tanişdi.
Hongda kompaniyasi bir martalik steril tibbiy buyumlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Uning mahsulotlari qatoriga şprislar, infuzion tizimlar va kateterlar kiradi. Mayoreen esa tibbiy uskunalar va tibbiyot muassasalari uçun jihozlar işlab çiqaradi.
Kompaniyalar vakillari bilan ötkazilgan muzokaralarda Andijon viloyatida tibbiy buyumlar va uskunalar işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun xorijiy investitsiyalarni jalb etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Şuningdek, Xitoy korxonalari tajribasidan foydalangan holda mahalliy işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalasi körib çiqildi. Muzokara iştirokçilari özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.