Iqtisod

Şavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirişni jadallaştirişga çaqirdi

Şavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirişni jadallaştirişga çaqirdi
Şavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirişni jadallaştirişga çaqirdi / Foto: Ўзбекистон Президенти матбуот хизмати.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni elektrotexnika sanoatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot ötkazdi.

Tadbirda sohada erişilgan natijalar sarhisob qilinib, işlab çiqarişni kengaytiriş, yangi texnologiyalarni özlaştiriş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaş va eksport salohiyatini oşiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, sönggi ön yilda mamlakatimiz elektrotexnika sanoatida tub özgarişlar amalga oşirildi. Tarmoqqa 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi işlab çiqariş quvvati işga tuşirildi. Maişiy texnika, quyoş panellari, elektron hisoblagiçlar, yuqori kuçlanişli transformatorlar kabi 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlarni işlab çiqariş yölga qöyildi.

Natijada joriy yilda elektrotexnika mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 50 trillion sömga yetdi. Vaholanki, 2016-yilda mazkur körsatkiç 1,7 trillion sömni taşkil etgan. Tarmoqqa jalb qilingan yillik investitsiyalar 600 million dollarga, eksport hajmi esa 1 milliard 600 million dollarga yetkazildi. Ötgan davrda eksport 14 barobar oşdi.

Şu bilan birga, davlatimiz rahbari mavjud salohiyat va imkoniyatlardan hali töliq foydalanilmayotganini ta’kidladi.

Yurtimizda quyoş va şamol elektr stansiyalari, energiya saqlaş quvvatlari, yirik sanoat va infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda. Kelgusi ön yilda xorijlik hamkorlar bilan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 450 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş maqsad qilingan. Bularning barçasi elektrotexnika mahsulotlari uçun katta va uzoq muddatli bozorni şakllantirmoqda.

Prezidentimiz tarmoq oldidagi navbatdagi asosiy vazifa işlab çiqariş quvvatlarini köpaytiriş bilan çeklanmasdan, katta texnologik sakraşni amalga oşirişdan iborat ekanini körsatib ötdi.

Masalan, 2030-yilgaça mamlakatimizda energiya saqlaş quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkaziş rejalaştirilgan. Xorijlik hamkorlar uşbu loyihalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanişga tayyor. Biroq ayrim zarur uskunalar hozirça özimizda işlab çiqarilmayapti.

Şuningdek, videokuzatuv uskunalariga içki bozordagi yillik talab 200 million dollarga yetadi, qöşni mamlakatlar bozorini hisobga olganda esa 600 million dollardan oşadi. Bankomatlarga ham ehtiyoj yuqori. Ötgan yilning özida yurtimizga 50 million dollardan ortiq qiymatdagi 9 mingta bankomat import qilingan.

Şu bois, uşbu yönalişlarda mahalliy işlab çiqarişni taşkil etiş, yangi texnologiyalar va investorlarni jalb qiliş vazifalari belgilandi.

Hududlar kesimida ham yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş böyiça katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Jumladan, Toşkent viloyatida energiya batareyalari va elektronika uçun yupqa mis folgasi, Jizzaxda elektromobillar uçun invertorlar va zaryadlaş qurilmalari, Namanganda energiya tejamkor elektr dvigatellari, Qoraqalpoğistonda serverlar uçun uzluksiz elektr ta’minoti va sovitiş tizimlarini işlab çiqariş böyiça loyihalarni amalga oşiriş közda tutilmoqda.

Andijonda ofis texnikalari va tayyor kabel töplamlari, Toşkent şahrida serverlar, interaktiv panellar va sensorli datçiklar, Qaşqadaryoda televizorlar uçun elektron platalar işlab çiqariş imkoniyatlaridan foydalaniş zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bunday loyihalar hisobiga içki bozor talabini qondiriş bilan birga elektrotexnika mahsulotlarining eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

Bu borada tarmoqni rivojlantirişning yangi yönalişlari belgilandi.

Keyingi uç yilda elektrotexnika va unga boğliq sanoat tarmoqlarida umumiy qiymati 11 milliard 600 million dollarlik 164 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Ular energetika infratuzilmasi, kabel, transformator va nasoslar işlab çiqariş, sanoat robototexnikasi va uskunasozlik, transport va elektromobillar uçun elektrotexnika, elektron komponentlar va mikroelektronika hamda maişiy texnika kabi oltita asosiy yönalişni qamrab oladi.

Har bir yönalişga mas’ul rahbarlar va asosiy buyurtmaçilar biriktirilib, tayanç investorlarni jalb qiliş, ilmiy markazlar hamda texnika oliygohlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş vazifasi qöyildi.

Yuqori texnologik sanoatni rivojlantiriş maqsadida Nurafşon şahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” taşkil etiladi.

Uşbu markazda faoliyat yurituvçi korxonalarga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi. Robotlar, elektronika va texnologik uskunalar işlab çiqariş uçun zarur xomaşyo hamda butlovçi qismlar import bojidan ozod etiladi. Mazkur yönalişdagi ilmiy işlanmalardan olingan daromadga soliq solinmaydi.

Ilmiy tadqiqotlar va sanoat örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş uçun “Yangi sanoat” milliy platformasi işlab çiqiladi. Şuningdek, har bir hududda tadqiqot va işlanmalar markazi yoki texnopark negizida yangi mahsulotlarni sinovdan ötkaziş maydonçalari taşkil etiladi. Ular yirik sanoat korxonalari bilan kiçik tadbirkorlar örtasidagi kooperatsiyani kengaytirişga xizmat qiladi.

Mutasaddilarga robototexnikani rivojlantiriş böyiça qaror loyihasini hamda uskunasozlik va elektronika tarmoqlarini qöllab-quvvatlaş kompleks dasturini tayyorlaş topşirildi.

Muloqotda sanoatni texnologik rivojlantirişning muhim şarti bölgan muhandislik ta’limi va malakali kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirda texnika oliygohlarining 20 nafar talaba va tadqiqotçisi Koreyadagi elektronika korxonalarida tahsil olmoqda. Yaqin vaqtda ularning soni 100 nafarga yetkaziladi.

Kelgusi yildan “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi. Uning doirasida mahalliy mutaxassislar Koreya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga malaka oşiriş uçun yuboriladi. Nufuzli xorijiy kompaniyalarda işlayotgan yuqori malakali vatandoşlarimizni mamlakatimizga jalb qiliş uçun munosib mehnat va iş haqi şaroitlari yaratiladi.

Tadbirda soha korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, qator mahalliy elektrotexnika korxonalari öz loyihalari uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan 80 million dollar jalb qilgan. Bank sanoat korxonalariga yana 2-3 milliard dollar resurs ajratişga tayyorligini bildirmoqda.

Uşbu imkoniyatdan keng foydalaniş maqsadida korxonalarni xalqaro moliya bozorlari bilan işlaşga tayyorlaş, ularning faoliyatini baholaş va xalqaro konsultantlarni jalb etiş xarajatlarini qoplaş böyiça yangi qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi. Xususan, har bir korxonaga 50 ming dollargaça kompensatsiya ajratiladi.

Davlat xaridlari tizimida ham mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiladi.

Bugungi kunda davlat xaridlari doirasida har yili 10 trillion sömlik elektrotexnika mahsulotlari sotib olinmoqda. Tadbirkorlarga qulaylik yaratiş maqsadida davlat buyurtmalarini yagona platformada aks ettiriş tizimi joriy qilindi. Endi 1-yanvardan davlat xaridlarining uç yillik rejalari oldindan e’lon qilib boriladi.

Şu bilan birga, davlat xaridlarida mahsulotni faqat eng arzon narx asosida tanlaş amaliyotidan voz keçib, uning butun xizmat muddati davomidagi xarajatlarni hisobga oliş tizimi joriy etiladi. Bunda mahsulotning xarid narxi bilan bir qatorda energiya sarfi, ta’mirlaş, servis va foydalaniş xarajatlari ham baholanadi.

Energetika obyektlarini qurişda mahalliy korxonalar iştirokini kengaytiriş maqsadida “Şaffof quriliş” platformasida mazkur soha loyihalari uçun alohida maydonça taşkil etiladi, pudratçilarga qöyiladigan talablar loyihalarning texnologik xususiyatlariga moslaştiriladi.

Içki bozorda mahalliy elektrotexnika mahsulotlariga talabni rağbatlantiriş böyiça ham yangi mexanizmlar belgilandi.

Energetika sohasidagi xususiy şeriklik loyihalarida mahalliy mahsulotlar uluşi kamida 25 foiz, kabel mahsulotlari böyiça esa 70 foiz bölişi talabi amal qilmoqda. Endilikda alohida soliq va boşqa imtiyozlardan foydalanayotgan yoki davlatdan arzon resurs olayotgan, qiymati 10 million dollardan yuqori investitsiya loyihalariga ham uşbu talablar tatbiq etiladi.

Aholi uçun qulaylik yaratiş va mahalliy maişiy texnika savdosini rağbatlantiriş maqsadida mamlakatimizda işlab çiqarilgan muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, konditsioner va boşqa maişiy texnikalar xaridi uçun yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari ajratiş tizimi yölga qöyiladi.

Davlatimiz rahbari muloqot davomida xorijlik investorlar va mahalliy tadbirkorlarning elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirişga qaratilgan taklif va taşabbuslarini tingladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.