Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda yakuniy iste’molçilarga realizatsiya qilinadigan neft-gaz mahsulotlari böyiça aksiz soliği hisobotining körsatkiçlari avtomatik şakllantirilmoqda. 2027 yildan boşlab soliq hisobotini proaktiv tartibda şakllantirişga ötkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.
Joriy yil oktyabr oyi uçun hisobot körsatkiçlarining avtomatik şakllantirilişi soliq majburiyatlarini bajarişni soddalaştiriş va hisobotlarni tayyorlaşda xatolarning oldini olişga qaratilgan.
Hisob-kitoblar elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa texnikasi çeklari, marketpleyslar tizimi hamda import qilingan tovarlar böyiça yuk bojxona deklaratsiyalari ma’lumotlari asosida amalga oşiriladi. Mahsulotlardan öz ehtiyojlari uçun foydalaniş va boşqa aylanmalar töğrisidagi ma’lumotlar my.soliq.uz portalidagi interaktiv xizmat orqali hisobga olinadi.
Hisobotni töğri şakllantiriş uçun soliq tölovçilar har bir savdo nuqtasi böyiça, jumladan, kompaniya röyxatdan ötgan manzildan boşqa joyda faoliyat yuritayotgan obyektlar uçun ham elektron hisobvaraq-fakturalarni alohida rasmiylaştirişi zarur. Bunda hujjatlarda aksiz soliği hamda tovarlarning amalda jönatilgan yoki topşirilgan sanasi majburiy tartibda körsatilişi lozim.
Şuningdek, Soliq qömitasi onlayn-kassalarning röyxatdan ötkazilgan manzilini avtozapravka şoxobçalarining haqiqiy joylaşuviga muvofiqlaştiriş, marketpleys çeklarida savdo nuqtalarining manzilini töğri körsatiş, mahsulotlar uçun belgilangan IKPU kodlari va ölçov birliklaridan — litr, tonna yoki kub metrdan foydalanişni tavsiya etmoqda.
Onlayn nazorat-kassa texnikasi va marketpleys çeklarida aks ettirilgan mahsulot hajmlarida xatolar aniqlansa, ularga öz vaqtida tuzatiş kiritiş zarur. Soliq imtiyozlarini qöllaş uçun murojaatlar my.soliq.uz portalidagi «Aksiz soliği böyiça imtiyozlar hisobi» moduli orqali yuborilişi kerak.
Soliq kodeksining 292-moddasiga muvofiq, aksiz soliği böyiça hisobot har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan keçiktirmay taqdim etilişi lozim. Oktyabr oyi uçun hisobot topşirişning oxirgi muddati 10 noyabr etib belgilangan.
Hisobot körsatkiçlarini şakllantirişda foydalanilgan ma’lumotlar manbalarini my.soliq.uz portalidagi «Aksiz soliği hisobotlariga özgartiriş kiritiş» xizmati orqali, belgilangan stavkalar böyiça aksiz soliğini hisoblaş modulida tekşiriş mumkin.
Hisobotlarni proaktiv tartibda şakllantirişga ötiş uçun asos sifatida 2026 yil 19 maydagi PF-95-son Prezident farmoni körsatilgan.