Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunçilik palatasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «bokiralik kapsulalari» deb ataluvçi vositalarni sotiş, yetkazib beriş va buyurtma qiliş, şuningdek, jarrohlik yöli bilan bokiralikni tiklaş uçun jinoiy javobgarlik joriy etiş rejalaştirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Tarqatilgan xabarlarda bunday holatlar bilan boğliq ajrimlar kuzatilayotgani fonida tegişli taşabbus parlamentda muhokama qilinayotgani ta’kidlangan.
Xabar mualliflari sönggi beş yil davomida göyoki 187 mingdan ortiq bokira bölmagan qiz aniqlangani haqidagi statistik ma’lumotlarni ham keltirgan.
Bundan taşqari, bunday holatlar haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar bergan fuqarolarga davlat tomonidan pul mukofotlari berilişi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar ham tarqatilgan.
Qonunçilik palatasida uşbu ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmasligi ma’lum qilindi.
Parlament quyi palatasi ma’lumotlariga köra, bunday qoidalarni nazarda tutuvçi qonun loyihasi mavjud emas. U parlament muhokamasiga kiritilmagan va körib çiqilmayapti.
Fuqarolarga tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va xabarlarni rasmiy manbalar orqali tekşiriş tavsiya etildi.