Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Raqobat qömitasi 27 ta konsert reklamasida ijro şakli — jonli ijro yoki fonogramma ekanligi körsatilmaganini aniqladi. Reklama beruvçilarga ogohlantirişlar yuborildi.
Qömita ma’lumotlariga köra, qoidabuzarliklar Instagram tarmoğidagi e’lonlar va taşqi reklama obyektlarini monitoring qiliş jarayonida aniqlangan.
Xususan, Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Şukurov, “Ummon” guruhi, Rayhon Ğaniyeva va Ğaybulla Tursunov konsertlarining Instagram tarmoğidagi reklamalarida tegişli ma’lumotlar mavjud bölmagan.
Şunga öxşaş qoidabuzarliklar Toxi$, «Maşina vremeni» guruhi va Otar Kuşanaşvili iştirokidagi dasturlarning taşqi reklamalarida ham aniqlangan.
Qömita reklama beruvçilarga materiallarni qonunçilik talablariga muvofiqlaştiriş töğrisida ogohlantirişlar yubordi.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 207-son qaroriga muvofiq, reklamada ijro şakli aniq körsatilişi şart. Buning uçun «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ijro» yoki «Fonogramma bilan konsert dasturi» kabi iboralardan foydalaniş belgilangan.
«Reklama töğrisida»gi qonunning 44-moddasi fonogrammadan foydalaniş darajasini majburiy tarzda körsatişni nazarda tutadi. Taşqi reklamalarda bunday ma’lumot reklama maydonining kamida 10 foizini egallaşi kerak. Bundan taşqari, taşkilotçilar tomoşa boşlanişidan oldin fonogrammadan foydalanilişi haqida audioe’lon berilişini ta’minlaşi şart.
«Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 6-moddasi ham konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalanilişi haqida tomoşabinlarni xabardor qilişni talab etadi.
Qömita konsert taşkilotçilari va reklama beruvçilarni reklama materiallarida ijro şaklini körsatişga hamda qonunçilik talablariga rioya qilişga çaqirdi.
Idora kelgusidagi monitoring jarayonida qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, qonunda belgilangan çoralar qöllanilişidan ogohlantirdi.