Sport

Özbekiston va Tojikiston futzal sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqçi

Özbekiston va Tojikiston futzal sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqçi
Özbekiston va Tojikiston futzal sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqçi / Foto: Özbekiston Futzal Federatsiyasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Tojikiston futbol hamda futzal sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, xalqaro örtoqlik uçraşuvlarini taşkil etiş va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy terma jamoalari örtasida an’anaviy turnir ötkaziş masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar Toşkentda Tojikiston futbol federatsiyasining rasmiy delegatsiyasi taşrifi doirasida bölib ötdi.

Tojikiston futbol federatsiyasi boş kotibi Furqat Ahmadjonov boşçiligidagi delegatsiya ikki mamlakat futzal milliy terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvlarini kuzatiş va sport federatsiyalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş maqsadida Özbekiston poytaxtiga taşrif buyurdi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Özbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati vakillari kutib oldi.

Taşrif davomida Özbekiston futzal federatsiyasi boş kotibi Inamjon Marupovning Tojikiston delegatsiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi. Tomonlar futzal sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş istiqbollari, futbol va futzal yönalişlaridagi hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, döstona munosabatlarni yana-da mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.

Milliy, yoşlar va ösmirlar terma jamoalari, şuningdek, ikki mamlakat futzal klublari örtasida xalqaro örtoqlik uçraşuvlarini taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuv iştirokçilari mutaxassislar örtasidagi hamkorlik imkoniyatlari va yangi qöşma loyihalarni rivojlantiriş yuzasidan ham fikr almaşdi.

Muzokaralar davomida Furqat Ahmadjonov Markaziy Osiyo mamlakatlari futzal milliy terma jamoalari iştirokida an’anaviy xalqaro turnir taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.

Xabarda ta’kidlanişiça, Özbekiston tomonidan uşbu ğoyaning qöllab-quvvatlanişi mintaqada futzalni rivojlantiriş va davlatlar örtasidagi sport aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi mumkin.

Uçraşuv döstona va işçan muhitda ötdi.

Tomonlar futzalni rivojlantiriş hamda ikki mamlakat xalqlari örtasidagi yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş borasida birgalikdagi işlarni davom ettirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.