Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari Rahimjon Hakimov Polşa Seymining Iqtisodiyot va rivojlaniş qömitasi raisi Rafal Pavel Komareviç boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda tomonlar parlamentlararo muloqotni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, şuningdek, investitsiya, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Uçraşuv iştirokçilari ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar izçil mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Bu jarayonda davlatlararo aloqalarni rivojlantiriş va qöşma taşabbuslarni amalga oşirişga kömaklaşayotgan parlament diplomatiyasi muhim örin tutadi.
2026 yil yanvar oyida Polşa Seymi delegatsiyasi Özbekistonga taşrif buyurgan edi. Keyinçalik, 16–18 sentyabr kunlari Oliy Majlis Qonunçilik palatasi delegatsiyasi Polşada böldi. Uşbu taşriflar parlamentlar örtasidagi hamkorlikka qöşimça sur’at bağişladi.
Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlararo döstlik guruhi faoliyatini jadallaştiriş, deputatlar örtasida muntazam aloqalarni yölga qöyiş va parlament delegatsiyalari almaşinuvini kengaytiriş zarurligini ta’kidladi. Şuningdek, qonun ijodkorligi, parlament nazorati va mahalliy özini özi boşqariş sohalarida tajriba almaşiş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuvda keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilda Özbekiston va Polşa örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 397,6 million dollarni taşkil etgan. 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida esa bu körsatkiç 301,4 million dollarga yetgan va ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 5 foizga oşgan.
Tomonlar kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş, raqobatni himoya qiliş hamda ikki mamlakat kompaniyalarining bir-biri bozorlariga kirişi uçun qulay şaroit yaratiş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Qayta tiklanuvçi energetika, quriliş va boşqa yönalişlarga Polşa investitsiyalarini jalb qiliş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar Polşa işbilarmon doiralari bilan töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş va aniq investitsiya loyihalarini tayyorlaş muhimligini qayd etdi.
Ta’lim sohasida oliy ta’lim muassasalari örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatiş, akademik va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, şuningdek, qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Turizm ham istiqbolli hamkorlik yönalişlaridan biri sifatida qayd etildi. Tomonlar özaro sayyohlar oqimini köpaytiriş va ikki mamlakatning turistik salohiyatini tarğib qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab oldi.