Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Better Cotton Initiative (BCI) vakillari bilan Özbekistonda barqaror paxta yetiştirişni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv xalqaro notijorat taşkiloti delegatsiyasi bilan bölib ötdi. Unga taşkilotning boş operatsion direktori Lena Staafgard boşçilik qildi. Iştirokçilar xalqaro standartlarni joriy etiş, fermerlar huquqlarini himoya qiliş hamda paxta-töqimaçilik tarmoğida şaffoflikni oşiriş masalalarini körib çiqdi.
Muzokaralar davomida paxtaçilik sohasida majburiy mehnatga barham beriş, mehnat huquqlarini ta’minlaş va xalqaro talablarga javob beradigan işlab çiqariş tizimiga ötişga qaratilgan islohotlar qayd etildi.
Özbekistonda BCI dasturini kengaytiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuvda taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2026 yilda dastur iştirokçilari soni ikki baravarga oşgan.
Tomonlar sertifikatlaş tizimini yana-da rivojlantiriş va xalqaro standartlarni milliy tizimga integratsiya qiliş zarurligini ta’kidladi.
Kun tartibidan fermerlarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaş, narx belgilaş jarayoni şaffofligini oşiriş, moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda ekologik barqaror texnologiyalarni joriy etiş masalalari ham örin oldi.
Hamkorlikni davom ettiriş maqsadida işçi guruh tuziş va yöl xaritasini işlab çiqiş taklif etildi.
Bundan taşqari, tomonlar mahsulot harakatini işlab çiqaruvçidan iste’molçigaça kuzatiş uçun möljallangan TRACE va UZ TRUST raqamli tizimlarini joriy etiş masalasini ham körib çiqdi.