Özbekiston

Özbekiston loyihasi COP31 doirasida eng yaxşi beş taşabbus qatoriga kirdi

Özbekiston loyihasi COP31 doirasida eng yaxşi beş taşabbus qatoriga kirdi
Özbekiston loyihasi COP31 doirasida eng yaxşi beş taşabbus qatoriga kirdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Isfara daryosi gidrotexnik koridorining iqlim özgarişiga çidamliligini oşirişga qaratilgan loyihasi NBS-IA xalqaro dasturi doirasida saralangan beşta taşabbus qatoriga kirdi.

Tanlovga Markaziy Osiyo va Afrika mamlakatlaridan jami 109 ta ariza kelib tuşgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Saralaşning dastlabki natijalari Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) doirasida e’lon qilindi.

Jami arizalardan 44 tasi dastlabki saralaşdan ötgan, 20 tasi esa dastlabki röyxatga kiritilgan. Birinçi bosqiçda saralangan beşta taşabbus qatoriga Qozoğiston, Mozambik, Keniya va Jazoir loyihalari ham kiritildi.

Özbekiston loyihasi Isfara daryosi gidrotexnik koridorini iqlim xavflaridan himoya qiliş uçun tabiatga asoslangan yeçimlarni işlab çiqişni nazarda tutadi. Asosiy xavflar qatoriga sel toşqinlari, qirğoqlar eroziyasi va kanallarning loyqa bosişi kiradi.

Taşabbusning dolzarbligi 2026 yil 1 may kuni sodir bölgan sel toşqini bilan boğliq. Öşanda suv oqimi sarfi sekundiga 100 kub metrga yetgan, bu daryodagi örtaça suv sarfidan qariyb yetti baravar köpdir. Natijada irrigatsiya inşootlari şikastlangan, kanallar va yöllarning ayrim qismlari vayron bölgan, suv xöjaligi infratuzilmasi loyqa bilan tölgan, qişloq xöjaligi yerlariga zarar yetgan.

Loyiha doirasida daryo böyidagi örmonzorlarni tiklaş, himoya ösimlik polosalarini barpo etiş, bioinjenerlik usullari yordamida qirğoqlarni mustahkamlaş va suv yiğiliş havzasining yuqori qismidagi degradatsiyaga uçragan yaylovlarni tiklaş taklif etilmoqda.

Loyihaning maqsadli körsatkiçlariga köra, uşbu çora-tadbirlar irrigatsiya tizimiga tuşadigan mayda zarraçali çökindilar miqdorini 20–40 foizga, kanallarni mexanik tozalaş davriyligini esa 20–35 foizga kamaytiriş imkonini beradi.

Şuningdek, qirğoqlarning yemirilişi, avariyaviy ta’mirlaş işlari va irrigatsiyadagi uzilişlar holatlarini 30–50 foizga qisqartiriş közda tutilgan. Suvdan foydalanuvçilarning 15–40 ming nafariga xizmat körsatadigan daryo va kanallarning ustuvor qismlaridagi 3–8 kilometr hududni barqarorlaştiriş rejalaştirilgan.

Loyihalaş bosqiçida texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan investitsiya hujjatlari töplamini tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Unga loyiha yeçimlari, xarajatlar hisob-kitoblari, ekologik va ijtimoiy kafolatlar, şuningdek, infratuzilmadan keyinçalik foydalaniş mexanizmlari kiritiladi.

Taşabbusning saralab olinişi uni sinov tarzda amalga oşiriş uçun 500 ming dollardan 1 million dollargaça mablağ jalb qiliş imkonini yaratadi. Keyinçalik xalqaro moliya institutlari iştirokida yirikroq iqlim investitsiyalarini jalb qiliş imkoniyati ham körib çiqilmoqda.

Loyiha Italiyaning SWS Consulting Engineering va IRIDRA taşkilotlari, Özbekistonning Sustainability Nexus Solutions kompaniyasi, Suv resurslarini boşqariş xalqaro instituti (IWMI) hamda Rimning Sapiyensa universiteti Botanika boği — muzeylar tarmoğini birlaştirgan xalqaro konsorsium tomonidan tayyorlangan.

NBS-IA taşabbusi Italiya Atrof-muhit va energetika xavfsizligi vazirligi tomonidan BMTning Atrof-muhit dasturi (YUNEP) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University)ning iqlim rezidenturasi dasturi direktori Şahboz Ahmedov tadbirda sözga çiqib, infratuzilma loyihalariga tabiatga asoslangan yeçimlarni joriy etiş uçun mutaxassislar tayyorlaş va xalqaro hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

Kelgusida işlab çiqilgan yondaşuvlarni Özbekiston va Markaziy Osiyodagi boşqa suv xöjaligi obyektlarida ham qöllaş mumkin. Bu infratuzilmani muhandislik usullari bilan himoya qilişni tabiiy ekotizimlarni tiklaş bilan uyğunlaştiriş imkonini beradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.