7
Iqtisod

Özbekiston delegatsiyasi SOCAR energetika obyektlari bilan tanişdi

Özbekiston delegatsiyasi SOCAR energetika obyektlari bilan tanişdi
Özbekiston delegatsiyasi SOCAR energetika obyektlari bilan tanişdi / Foto: Özbekiston Energetika vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidentining yoqilği-energetika kompleksi masalalari böyiça maslahatçisi Behzod Narmatov va energetika vaziri Şerzod Xöjayev boşçiligidagi delegatsiya Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasiga tegişli energetika obyektlariga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Taşrif 27 noyabr kuni bölib ötdi. SOCAR prezidenti Rovşan Najaf bilan birgalikda Özbekiston vakillari “Azerigaz” işlab çiqariş birlaşmasining boşqaruv va nazorat markazida böldi.

U yerda delegatsiyaga «Aqlli gaz tarmoği» loyihasi, gaz taqsimotini boşqariş vositalari hamda qöllanilayotgan raqamli yeçimlar namoyiş etildi.

Taşrif iştirokçilari gaz ta’minotini raqamlaştiriş, tabiiy gaz hisobini takomillaştiriş va yöqotişlarni kamaytiriş masalalarini muhokama qildi. Gaz taqsimlaş infratuzilmasi faoliyati samaradorligini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Şundan söng delegatsiya SOCAR Downstream Management kompaniyasiga taşrif buyurdi. Tomonlar neftni qayta işlaş va neft-kimyo sanoatini rivojlantiriş, şuningdek, işlab çiqariş jarayonlari samaradorligini oşiriş böyiça fikr almaşdi.

Dasturning navbatdagi manzili SABAH.city innovatsiya markazi böldi. Markaz vakillari mehmonlarni SOCAR kompaniyasining sanoat korxonalarida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etişga oid yondaşuvlari bilan taniştirdi.

Bundan taşqari, delegatsiyaga SOCAR Green kompaniyasi faoliyatining asosiy yönalişlari, amalga oşirilayotgan loyihalar va qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş istiqbollari taqdim etildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.