7
Özbekiston

Özbekiston CCPI 2027 reytingida 10 poğona yuqoriladi

Özbekiston CCPI 2027 reytingida 10 poğona yuqoriladi
Özbekiston CCPI 2027 reytingida 10 poğona yuqoriladi / Foto: CCPI.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston xalqaro iqlim reytingi — CCPI 2027 da 43-örinni egallab, bir yil içida 10 poğona yuqoriladi. Bu mamlakatning reytingda iştirok etgan butun davridagi eng yaxşi natijasidir. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Tadqiqot natijalari 2026 yil noyabr oyida Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) doirasida e’lon qilindi.

Climate Çange Performance Index reytingi Germanwatç va NewClimate Institute xalqaro tahlil taşkilotlari tomonidan tayyorlangan. U global issiqxona gazlari çiqindilarining 90 foizdan ortiği töğri keladigan mamlakatlarni qamrab oladi.

Baholaş törtta yönaliş böyiça amalga oşiriladi: issiqxona gazlari çiqindilari, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, energiya iste’moli va davlatning iqlim siyosati.

Özbekiston reytingga birinçi marta 2024 yilda kiritilib, 48-örinni egallagan. 2025 yilda mamlakat 54-poğonaga tuşgan bölsa, 2026 yilda 53-örindan joy olgan.

CCPI 2027 natijalariga köra, respublika 43-poğonaga kötarildi. Şu tariqa, reytingda iştirok etişning butun davri davomida mamlakatning mavqei dastlabki natijaga nisbatan beş poğonaga yaxşilandi.

Iqlim majburiyatlari va energetika transformatsiyasi

Özbekistonning reytingdagi mavqei yaxşilanişi atrof-muhitni muhofaza qiliş, energetika transformatsiyasi va issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş sohalaridagi islohotlar fonida yuz bermoqda.

Mamlakatda iqlim siyosati uçun yangilangan qonunçilik va institutsional asos şakllantirildi. Milliy darajada belgilanadigan hissa (NDC 3.0) doirasida Özbekiston iqlim böyiça majburiyatlarini kuçaytirdi.

Yangi maqsadga köra, 2035 yilga qadar yalpi içki mahsulotning har bir birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari çiqindilarining soliştirma hajmini 2010 yil darajasiga nisbatan 50 foizga qisqartiriş közda tutilgan.

Şu bilan birga, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölami kengaytirilmoqda. Mamlakatda quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda, energiya tejovçi texnologiyalar va iqlimni moliyalaştiriş mexanizmlari joriy etilmoqda.

Boşqa ustuvor yönalişlar qatorida metan çiqindilarini qisqartiriş, sanoat va energetika sohalarida energiya samaradorligini oşiriş, şuningdek, issiqxona gazlari çiqindilarini monitoring qiliş, hisobot beriş va tekşiriş böyiça milliy tizimni rivojlantiriş belgilangan.

Hukumat vakillarining ta’kidlaşiça, iqlim siyosatining asosiy vazifasi xalqaro reytinglardagi örinni yaxşilaş emas, balki çiqindilarni kamaytiriş va iqtisodiyotning barqaror rivojlanişini ta’minlaş böyiça ölçanadigan natijalarga erişişdan iborat.

Özbekiston milliy iqlim majburiyatlarini bajarişni davom ettiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va past uglerodli rivojlanişga investitsiyalarni jalb qilişni rejalaştirmoqda.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.