Ўзбекистон Иқтисод Молия Технологиялар Маданият Спорт Туризм Дунё Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Ўзбекистон

Belarus Respublikasi Milliy majlisi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Беҳзод Ҳожиматов · 26.08.2024 · 21:00 · 516 views
Belarus Respublikasi Milliy majlisi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Belarus Respublikasi Milliy majlisi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Тошкент, Ўзбекистон (UzDaily.uz) — Bugun, 26-avgust kuni Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari, ikkinchi O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumida ishtirok etishi nazarda tutilgan.

Ayni vaqtda mazkur biznes-forum doirasida ikki mamlakat ayol tadbirkorlari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga doir mavzular bo‘yicha qator seksiya yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.