Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Ostona şahrida bölib ötayotgan Aqaba jarayoni uçraşuvi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uçraşuv ötkazdi.
Mamlakatimiz yetakçisi dunyoda yangi tahdidlar kuçayib borayotgan bugungi kunda Iordaniya Podşohi taşabbusi bilan yölga qöyilgan uşbu platforma tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Uçraşuvda ikki davlat örtasida köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari, şu jumladan, oliy darajada erişilgan kelişuvlarning borişi muhokama qilindi.
Sönggi yillarda özaro taşrif va muloqotlar jadal tus olgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Havo qatnovlari yölga qöyildi, Hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişi ötkazilib, Işbilarmonlar kengaşi ta’sis etildi.
Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantiriş, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni jadallaştirişga kelişib olindi.
Özbekiston va Iordaniya yetakçilari bölajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlar rejasi hamda kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.