Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida 568 mln dollarlik kimyo mahsulotlarini eksport qildi.
Bu belgilangan rejadan 11 foizga yuqori va ötgan yilning mos davridagi körsatkiçdan 16 foizga köpdir.
Eksportning eng katta uluşini karbamid taşkil etdi. Uning yetkazib beriş hajmi 116,1 mln dollarga teng böldi. Ammiakli selitra eksporti 93,5 mln dollarga, kaliy xloridi 42,3 mln dollarga, superfosfat esa 16,4 mln dollarga yetdi.
Bundan taşqari, xorijga 10,3 mln dollarlik past ziçlikdagi ammiakli selitra, 6,3 mln dollarlik karboksimetilsellyuloza (KMS) va polianion sellyuloza (PAS) yetkazib berildi.
“Özkimyosanoat” ma’lum qilişiça, korxonalar eksport geografiyasini kengaytiriş, xorijiy bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş hamda qöşilgan qiymati yuqori bölgan kimyo mahsulotlari yetkazib beriş hajmini köpaytirişda davom etmoqda.