Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda kuz-qiş mavsumida jamoat transportiga gaz yoqilğisi quyişda ustuvorlik beriş taklif etilmoqda.
Uşbu çora 2030 yilgaça mahalliy yölovçi taşiş sohasini rivojlantiriş strategiyasi töğrisidagi prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihaga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklariga Energetika vazirligi hamda Transport vazirligi bilan birgalikda jamoat transportini gaz yoqilğisi bilan uzluksiz ta’minlaşni taşkil etiş topşiriladi.
Buning uçun gaz quyiş şoxobçalarida avtobuslar va boşqa jamoat transporti vositalari uçun alohida navbat — «yaşil yölak» ajratiş taklif qilinmoqda. Bu yölovçi taşuvçilarga kuz-qiş mavsumida ustuvor tartibda xizmat körsatilişini ta’minlaşga qaratilgan.
Şu bilan birga, loyihada uşbu çora qaçondan amalga kiritilişi, qaysi gaz quyiş şoxobçalarida yangi tartib joriy etilişi va alohida navbatni taşkil qilişning aniq mexanizmi körsatilmagan.