Iqtisod

Özbekiston va Gonkong investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi

Özbekiston va Gonkong investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi
Özbekiston va Gonkong investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Gonkong investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, qöşma korxonalar taşkil etiş, kompaniyalarning yangi bozorlarga çiqişi va işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.

Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatçisi Jamil Maksudi Gonkong işbilarmon doiralari delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi. Delegatsiyaga Gonkong Birlaşgan savdo-sanoat assotsiatsiyasi raisining örinbosari Fan Szikan boşçilik qildi.

Delegatsiya tarkibidan Gonkong va Guandun provinsiyasi savdo-sanoat birlaşmalari rahbarlari, şuningdek, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar va umumiy ovqatlaniş sohalarida faoliyat yurituvçi kompaniyalar vakillari örin oldi.

Delegatsiya rahbarining aytişiça, 10 mingdan ortiq korxonani birlaştirgan federatsiya «Bir makon, bir yöl» taşabbusi doirasida Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirişni rejalaştirmoqda. Bunda Özbekiston ustuvor yönalişlardan biri sifatida tanlangan.

Gonkong vakillari Özbekistonda kompaniyalar taşkil etiş hamda mehmonxona biznesi, umumiy ovqatlaniş va ta’lim loyihalariga investitsiya kiritişdan manfaatdor ekanini bildirdi. Şuningdek, dronlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan kompaniya SKD texnologiyasi asosidagi butlovçi qismlardan foydalangan holda mamlakatda yiğuv korxonasini taşkil etiş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Muzokaralarda yirik özbekistonlik kompaniyalar va banklarning Gonkong fond birjasiga çiqişi masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Şu munosabat bilan Özbekiston moliya sektori va yirik korxonalari vakillari iştirokida Gonkongga biznes-missiya taşkil etiş taklif qilindi.

Tomonlar, şuningdek, Özbekiston, Gonkong va Xitoy kompaniyalari uçun qöşma elektron B2B platformasini yaratiş masalasini muhokama qildi.

Gonkong işbilarmon doiralari vakillari amaldagi Gonkong va Sian savdo platformalarida özbekistonlik korxonalar uçun alohida bölimlar oçişga tayyorligini bildirdi.

Delegatsiya 2026 yil 29 noyabrdan 5 dekabrga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan «New Uzbekistan: Crossroads of Global Markets» xalqaro forumida iştirok etişga taklif qilindi.

Uçraşuv yakunida tomonlar qöşma işçi guruh tuziş va işbilarmon delegatsiyalar almaşinuvini davom ettirişga kelişib oldi.

Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Gonkong kompaniyalariga mahalliy hamkorlarni topiş va tegişli davlat organlari bilan aloqalar örnatişda kömaklaşişga tayyorligini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.