Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston tennis federatsiyasi va Osiyo tennis federatsiyasi (ATF) hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi. Hujjat mamlakatda tennisni rivojlantirişga qaratilgan.
Memorandumni ATF prezidenti faoliyati masalalari böyiça ijroçi direktori Manprit Kandxari va Özbekiston tennis federatsiyasi boş kotibi Sardor Kamilov imzoladi.
Kelişuv Özbekistonda tennisni ommalaştiriş va istiqbolli sportçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça hamkorlikda iş olib borişni nazarda tutadi.
Şuningdek, tomonlar mutaxassislar malakasini oşiriş va qöşma loyihalarni amalga oşirişga kömaklaşiş niyatida.