Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Iordaniya qiroliçasi Raniya al-Abdulla prezident Şavkat Mirziyoyevning davlat taşrifi doirasida Amman şahridagi Jordan River Designs art-şourumiga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Şourum Jordan River Foundation jamğarmasi huzurida faoliyat yuritadi. Unda mahalliy hunarmand ayollar, jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan qöl mehnati mahsulotlari namoyiş etilgan.
Loyiha an’anaviy hunarmandçilikni asrab-avaylaş bilan birga, xotin-qizlarni iş bilan ta’minlaş va ularning oilalari farovonligini oşirişni maqsad qilgan. Jordan River Designs dasturi doirasida har yili 800 nafardan ortiq hunarmand ayol iş bilan ta’minlanadi.
Ular Iordaniyaning madaniy merosini aks ettiruvçi an’anaviy va zamonaviy mahsulotlar — kaştaçilik bilan bezatilgan interyer buyumlari, gilamlar, moda aksessuarlari va esdalik sovğalarini tayyorlaydi.
Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bunday taşabbuslar kambağallikni qisqartiriş, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş va milliy hunarmandçilik an’analarini saqlab qolişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Şuningdek, hunarmandçilik mahoratini yoş avlodga yetkaziş muhimligini qayd etdi.