Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YTTB) Özbekistonning Top Oil kompaniyasiga aylanma mablağlarini mustahkamlaş va işlab çiqariş hajmini kengaytiriş uçun 28 mln dollargaça kredit ajratadi. Bu haqda YBTT xabar berdi.
Top Oil Özbekistonda ösimlik yoği işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Içki bozorda korxona öz mahsulotlarini Milter brendi ostida sotadi.
25 mln yevro ekvivalentidagi 28 mln dollargaça bölgan kredit korxonaning moliyaviy holatini mustahkamlaş va yangi işlab çiqariş liniyalarini işga tuşirişga yordam beradi. Moliyalaştiriş kompaniya faoliyatini qöllab-quvvatlaş va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan.
Kredit mablağlaridan taşqari, YTTBtexnik hamkorlikni moliyalaştiriş uçun ham mablağ jalb qiladi. Bu kompaniyaga işlab çiqariş jarayonlarida qayta tiklanuvçi energiya uluşini oşiriş va oqova suvlarni tozalaş uskunasini örnatiş imkonini beradi.
Şuningdek, talabalar uçun ta’lim dasturini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Bank xabarnomasida dastur mazmuni va uning iştirokçilari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
YTTB ma’lum qilişiça, ayni vaqtga qadar bankning Özbekistonga kiritgan investitsiyalarining umumiy hajmi qariyb 6,9 mlrd dollarni (6,5 mlrd yevro) taşkil etgan. Mablağlar 219 ta loyihani amalga oşirişga yönaltirilgan.