O‘zbekiston

Yaponiya O‘zbekistonga JDS stipendiyalari uchun 358 mln yen ajratadi

Yaponiya O‘zbekistonga JDS stipendiyalari uchun 358 mln yen ajratadi
Yaponiya O‘zbekistonga JDS stipendiyalari uchun 358 mln yen ajratadi / Foto: Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xirata Kendzi va O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov 28 sentyabr kuni Toshkentda «Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish» (JDS) loyihasi bo‘yicha notalar almashinuvini imzoladi.

Loyiha O‘zbekistonning yosh davlat xizmatchilarini Yaponiyada o‘qitishni nazarda tutadi. Uning umumiy qiymati 358 mln yengacha, yaʼni taxminan 2,25 mln dollarni tashkil etadi. Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Loyiha Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Notalar almashinuvidan tashqari, vazir Kongratbay Sharipov va Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sakai Mamoru loyiha bo‘yicha grant kelishuvini imzoladi.

Dastur O‘zbekistonning yosh davlat xizmatchilarini Yaponiya oliy taʼlim muassasalarining magistratura dasturlarida o‘qitish va mamlakat uchun ustuvor bo‘lgan sohalarda magistr darajasini olishini nazarda tutadi. Kutilishicha, bitiruvchilar Vatanga qaytganidan so‘ng davlat siyosatini ishlab chiqish va hukumatning boshqa vazifalarini hal etishda ishtirok etadi.

Yaponiya tomoni, shuningdek, loyiha Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, deb hisoblamoqda.

Hamkorlik «Inson salohiyatini rivojlantirish» nomli uchta ustuvor yo‘nalishdan birini amalga oshirishga qaratilgan.

Mazkur yo‘nalish davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasida, yaʼni 2025 yil dekabr oyida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Tokio deklaratsiyasida mustahkamlangan.

Elchixona xabar berganidek, Yaponiya hukumati O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish niyatida.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.