O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Vengriya O‘zbekiston va EI o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

UzDaily · 18.05.2026 · 18:15 · 482 views
Vengriya O‘zbekiston va EI o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Vengriya O‘zbekiston va EI o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vengriya O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha davlat ichki tartib-taomillarini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Vengriya Estoniyadan keyin ushbu hujjatni ratifikatsiya qilgan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 24-oktyabr kuni Bryusselda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta hamda Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan edi.