Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanmoqda

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanmoqda

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik mustahkamlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu kunlarda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stlik hamda strategik sheriklik doirasida Anqarada diniy va madaniy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya vakillarining Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi rasmiylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy va O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar hamda strategik sheriklik ikki mamlakat rahbarlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi tufayli so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot davomida, ayniqsa, vaqf tizimi va uni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, O‘zbekistonda xayriya faoliyati hamda turizm infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot almashildi. Shuningdek, “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Ijtimoiy himoya agentligining faoliyatiga to‘xtalib, ushbu tashkilotlarning jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlash va ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlashdagi roli alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlar ziyorat turizmini rivojlantirish, ushbu sohadagi islohotlar hamda kelgusidagi hamkorlik masalalarini har tomonlama muhokama qildilar. Ziyorat turizmi bilan vaqf mulklari o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratilib, ushbu ikki yo‘nalishni birgalikda rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan bir qator hamkorlik takliflari ilgari surildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling