Iqtisod

Toshkent va Qozog‘iston aholi bandligi va daromadlarini muhokama qildi

Toshkent va Qozog‘iston aholi bandligi va daromadlarini muhokama qildi
Toshkent va Qozog‘iston aholi bandligi va daromadlarini muhokama qildi / Foto: Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda aholi bandligi, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vitse-vaziri Baurjan Omarbekov boshchiligidagi delegatsiya bilan muhokama qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova qozog‘istonlik hamkasblariga shaharda aholini ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish va ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan yondashuvlar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuvda mahalla darajasida aholi bilan ishlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini bevosita joylarda hal qilish mexanizmlari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Qozog‘iston vakillariga imtiyozli moliyalashtirish vositalari, aholi bandligiga ko‘maklashish hamda oilalar daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida ham maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahallalarning roli qayd etildi.

Toshkent vakillari aholi bilan manzilli ishlash va kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning amaliy mexanizmlari bilan o‘rtoqlashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar aholi farovonligini oshirish, bandlikni rivojlantirish va tadbirkorlik faolligini kuchaytirish sohalarida tajriba hamda amaliy yondashuvlarni almashishni davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.