Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — London fond birjasida röyxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiruvçi, Markaziy Osiyodagi yetakçi raqamli moliyaviy ekotizim bölgan TBC Uzbekistan bugun 2026-yilning uçinçi çoragi uçun MHXS böyiça konsolidatsiyalaşgan natijalarini e’lon qildi.
Mamlakatdagi eng yirik raqamli banklardan biri TBC Bank, ommabop tölov xizmati payme, xaridlarni bölib tölaş xizmati TBC Nasiya, jadal rivojlanayotgan raqamli suğurta xizmati TBC Suğurta, çakana savdoni boşqariş uçun SaaS platformasi BILLZ hamda onlayn e’lonlar platformasi OLX Uzbekistan’ni birlaştirgan ekotizim biznes mijozlar sonini oşirib va jismoniy şaxslar uçun xizmatlar kölamini kengaytirib, barqaror ösişni namoyiş etdi.
Asosiy yönalişlarda işonçli ösiş kuzatilmoqda
TBC Uzbekistan auditoriyasini kengaytirişda davom etdi. Röyxatdan ötgan foydalanuvçilarning umumiy soni 25,5 mln taga, oylik faol auditoriya (MAU) esa 6,1 mln taga yetdi.
TBC Uzbekistan’ning mijozlar bazasi butun mamlakat böylab ösişda davom etdi. Eng yuqori ösiş sur’atlari poytaxtdan taşqaridagi hududlarda qayd etildi: yillik hisobda çakana mijozlar soni Samarqand viloyatida 28 foizga, Namangan viloyatida 27 foizga, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida esa 26 foizga oşdi. Beşta hudud — Toşkent, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida qamrov darajasi poytaxtdagidan allaqaçon yuqori.
Raqamli tölovlar, bank mahsulotlari va xizmatlariga talab yuqoriligiça qoldi. Tölovlarning umumiy hajmi yillik hisobda 46,5 foizga oşib, 43,9 trln sömni taşkil etdi, tranzaksiyalar soni esa 39 foizga oşib, 198 mln tani taşkil etdi.
Çiqarilgan TBC Salom debet kartalari soni yillik nisbatda 106 foizga oşib, 1,5 mlnga yetdi, TBC Osmon kredit kartalarining soni 241 mingtadan oşdi, bu ötgan yilga nisbatan 176 foizga köpdir.
TBC Bank UZCARD tölov tizimidagi TBC Salom kartalarini muomalaga çiqardi. Endilikda karta ikkala milliy tölov tizimida, Humo va UZCARD, şuningdek, xalqaro Visa tizimida ham mavjud. 2026-yil 30-sentabr holatiga köra, 6,7 trln sömga yetgan umumiy depozit portfelining 5,8 foizi TBC Salom kartalari hisobvaraqlariga töğri keldi.
Kredit portfelini diversifikatsiya qiliş davom etmoqda
2026-yilning 3-çoragida biznesni kreditlaş, kredit kartalari, POS-kreditlar va muddatli tölov xizmatining yanada kengaytirilişi hisobiga kredit portfeli hajmi 10,7 trln sömni taşkil etdi.
Kredit portfeli diversifikatsiya qilinişda davom etdi va uçinçi çorak yakunlariga köra, umumiy kredit portfelining 20 foizi biznes kreditlariga, 13 foizi kredit kartalariga, 14 foizi esa POS-kreditlar va muddatli tölovlarga töğri keldi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga köra, 2026-yilning fevral oyida özining faol operatsion faoliyatini boşlagan ekotizimning mikromoliya taşkiloti — TBC Credit aktivlari hajmi böyiça Özbekistondagi 142 ta mikromoliya taşkiloti orasida uçinçi örinni egalladi.
Xizmatlarga talabning ortişi va TBC Uzbekistan ekotizimining rivojlanişi
2026-yilning 3-çoragida obuna xizmatlariga bölgan talab yuqoriligiça qoldi: obunalarning umumiy soni yillik hisobda 120 foizga oşib, 1,2 mln ga yetdi. Uşbu ösiş fonida TBC Uzbekistan avval alohida bölgan TBC plus va payme plus obunalarini ekotizimning yagona obunasiga birlaştirdi.
2026-yilning may oyida işga tuşirilgan TBC Avto mijozlarga töliq raqamli xizmat körsatiş jarayonini şaxsiy konsyerj hamrohligi bilan uyğunlaştirib, Özbekistonda avtomobil xarid qilişning an’anaviy jarayonini soddalaştiradi. Işga tuşirilganidan buyon TBC Avto doirasida 340 ta kredit ajratildi, uçinçi çorak yakuniga köra esa umumiy portfel 75,4 mlrd sömni taşkil etdi.
payme travel orqali aviaçiptalar savdosi ösişda davom etdi: aylanma mablağ 2026-yilning 2-çoragiga nisbatan 96 foizga oşib, 5,6 mlrd sömga yetdi. 2026-yilning 3-çoragida aviaçiptalarning 20 foizi muddatli tölov yoki keyinroq tölaş usuli orqali xarid qilindi — uşbu yönaliş foydalanuvçilarni ekotizimning turli xizmatlariga tobora faolroq jalb etmoqda. payme travel şunçaki aviaçiptalarni band qiliş xizmatidan sayohatlarni rejalaştiriş böyiça tölaqonli platformaga aylanib bormoqda. Bundan taşqari, xalqaro turlar hamda xalqaro eSIM xizmatlari ham yölga qöyildi.
2026-yil oktabr oyida TBC Uzbekistan ekotizimning sodiqlik dasturi — Novvot’ni işga tuşirdi. Uning doirasida foydalanuvçilar novvotlarni jamğarişi va sarflaşi mumkin. Novvotlar kundalik xaridlar hamda ilovalardagi topşiriqlarni bajarganlik uçun taqdim etiladi. Ularni har ikkala ilovada tovar va xizmatlar uçun tölov qilişga işlatiş yoki Novvot Şop’da hamkorlarning sertifikatlari va takliflariga almaştiriş mumkin. Ayrim hamkorlardaxarid qilinganda köproq novvotlar taqdim etiladi, ekotizimning yagona obunasi foydalanuvçilari esa novvotlarni oşirilgan stavkada oladilar. Dastur birinçi bosqiçda TBC Bank va payme’ni qamrab oladi, keyinçalik esa TBC Biznes va BILLZ kabi ekotizimning barça mahsulotlariga tatbiq etiladi.
Uşbu dastur mijozlarni ekotizimning köproq mahsulotlaridan foydalanganlik uçun mukofotlaş va kundalik tranzaksion faollikni rağbatlantirişga, şu orqali mijozlarning jalb etilganlik darajasini hamda TBC Uzbekistan orqali amalga oşiriladigan kundalik moliyaviy operatsiyalari uluşini oşirişga qaratilgan.
Ekotizimning sun’iy intellekt yordamçisi Lola 2026-yil 30-sentabr holatiga köra, operatorlar iştirokisiz oyiga 120 mingga yaqin mijozlar murojaatini körib çiqdi. Yil boşida töliq miqyosda işga tuşirilganidan buyon Lola mijozlar bilan mustaqil ravişda yarim milliondan ortiq muloqot ötkazib, barça kiruvçi çatlarning qariyb yarmini boşidan oxirigaça barqaror ravişda yakunlab kelmoqda. Bu esa qöllab-quvvatlaş xizmati mutaxassislariga e’tiborini murakkabroq murojaatlarga qaratiş imkonini beradi.
2026-yil iyul oyida xarid bitimi yakunlangaç, mamlakatdagi onlayn e’lonlar platformasi bölgan OLX Uzbekistan TBC Uzbekistan ekotizimiga integratsiya jarayonini boşladi. 3-çorakda Dmitriy Puçkov platformaning yangi boş direktori (CEO) etib tayinlandi. Sönggi ön yil davomida OLX Uzbekistan’ga rahbarlik qilgan Doniyor Turğunov kompaniya boşqaruvida muhim örinni saqlab qolmoqda. Yirik marketpleyslarni kengaytiriş tajribasi va mahalliy bozorni çuqur tuşuniş uyğunligi platformani transformatsiya qiliş dasturining asosini taşkil etadi. Uşbu dasturdan közlangan maqsad — moliyaviy va tölov xizmatlarini bevosita klassifayddagi foydalanuvçi yöliga integratsiya qilişdan iborat bölib, bunda OLX öz brendi ostida mustaqil va oçiq e’lonlar platformasi sifatida faoliyat yuritişda davom etadi.
Ekotizim biznes segmentini kengaytiriş
TBC Uzbekistan’ning biznes yönalişi butun çorak davomida ösişda davom etdi. Ekotizimdagi faol merçantlarning umumiy soni yillik hisobda 48 foizga oşib, 23 400 taga yetdi. BILLZ platformasi orqali 7,8 trln sömdan ortiq qiymatdagi tranzaksiyalar amalga oşirildi, platformadan foydalanuvçi brendlar soni esa 4 800 tadan oşdi — bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 53 foizga köpdir.
Ekotizimda röyxatdan ötgan biznes-mijozlar soni yillik hisobda beş baravarga oşdi, bunda ularning 84 foizi Toşkentdan taşqarida faoliyat yuritadi. Eng yuqori ösiş sur’atlari Sirdaryo hamda Andijon viloyatlarida qayd etildi. Tarmoqlar kesimida biznes-mijozlarning yarmidan köproği ulgurji va çakana savdo hissasiga töğri kelsa, keyingi örinlarni işlab çiqariş, AKT, qişloq xöjaligi hamda ta’lim sohalari egalladi. Çorakning eng jadal rivojlanayotgan segmentlari esa professional xizmatlar, AKT va transport böldi.
Biznes-mijozlar uçun yangi imkoniyatlar yölga qöyildi. Xususan, oziq-ovqat dökonlari BILLZ platformasidan foydalaniş imkoniga ega böldi, şuningdek, sotuvçilarga alohida POS-terminalsiz, smartfon yordamida bank kartalari orqali tölov qabul qiliş imkonini beruvçi SoftPOS xizmati taqdim etildi.
payme loyalty BILLZ orqali sodiqlik dasturlarini yuritayotgan merçantlar uçun ham mavjud böldi: bunda mijozlar bonus va keşbekni kuzatib borişi hamda xaridlar uçun yagona QR-kod orqali tölaşi mumkin. Uşbu xizmat işga tuşirilişi natijasida foydalanuvçilar turli dökonlarning sodiqlik kartalarini bir joyda saqlaş imkoniyatiga ega böldilar.
Iyul oyida TBC Biznes tomonidan işga tuşirgan töliq raqamli iş haqi loyihasi ekotizimning biznes yönalişini uning çakana auditoriyasi bilan boğlaşda davom etdi. Iş haqi loyihasiga ulangan kompaniyalarning xodimlari TBC Salom kartalariga ega bölişdi. Bu esa bankning flagman çakana mahsuloti uçun mijozlarni jalb qilişning qöşimça kanalidir. TBC Uzbekistan yangi kompaniyalarni ulaşda va mahsulot imkoniyatlarini kengaytirişda davom etmoqda. Yaqin oylarda TBC Biznes mijozlari uçun biznes kartalari ham işga tuşirilişi rejalaştirilmoqda.
Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan:
“TBC Uzbekistan yana bir muvaffaqiyatli çorakni yakunladi. Biz auditoriyamizni hamda biznes va xususiy mijozlar uçun mahsulotlar qatorini kengaytirişda va eng yuqori darajadagi yagona mijoz tajribasini yaratiş orqali ekotizimimizni çuqurroq integratsiya qilişda davom etdik.
Kundalik bank amaliyotlari uçun asosiy mahsulotlarimiz va ekotizimimizga kirişning boş nuqtalari bölgan TBC Salom hamda TBC Osmon kartalari uç xonali ösiş sur’atini saqlab qoldi. Şu bilan birga, ularning umumiy omonatlar va kredit portfelidagi uluşi ortib bormoqda. Tölovlarning umumiy hajmi esa yillik hisobda 46,5 foizga oşib, uşbu segmentdagi yetakçiligimizni yanada mustahkamladi.
Biznes yönalişi işonçli ösmoqda va ekotizimning tobora muhim qismiga aylanmoqda: faol merçantlar soni faol merçantlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 48 foizga oşdi, biznes-kreditlar esa umumiy kredit portfelining 20 foizini taşkil etdi.
Yangi mahsulotlar çakana va biznes mijozlar uçun imkoniyatlarni kengaytirdi, Novvot sodiqlik dasturi esa foydalanuvçilarning ekotizimga jalb etilganligini yanada oşirişga xizmat qiladi”.