Iqtisod

O‘zbekiston va Ruminiya fuqaro aviatsiyasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Ruminiya fuqaro aviatsiyasida hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Ruminiya fuqaro aviatsiyasida hamkorlikni kengaytirmoqda / Foto: “O‘zavaiatsiya” agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Ruminiya fuqaro aviatsiyasi hamda parvozlar xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

O‘zaro anglashuv memorandumi 2026 yil 30 sentyabrda “O‘zavaiatsiya” agentligi va Ruminiya Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan Air Cargo Europe Summit III xalqaro sammiti doirasida imzolandi.

Hujjat ikki davlatning parvozlar xavfsizligi va fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat nazorati yo‘nalishlaridagi hamkorligini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Memorandumning imzolanishi O‘zbekiston va Ruminiya aviatsiya idoralari o‘rtasida fuqaro aviatsiyasida xavfsizlikni taʼminlash va davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun asos yaratadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.