O‘zbekiston sug‘urta bozori I chorakda 52,7% ga o‘sdi
O‘zbekiston sug‘urta bozori I chorakda 52,7% ga o‘sdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda sug‘urta mukofotlari 2026 yil yanvar–mart oylarida 52,7 foizga o‘sib, 4,017 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining choraklik hisobotida maʼlum qilindi.
Sug‘urta bozorida yetakchilikni 1,031 trillion so‘mlik sug‘urta mukofotlari bilan «Apex Insurance» egalladi.
Sug‘urta to‘lovlari 838,2 milliard so‘mni tashkil etib, 30,2 foizga oshdi. Sug‘urta sohasining jami majburiyatlari 4,41 trillion so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58,8 foizga yuqori. Shuningdek, tarmoqning investitsiya portfeli 42,6 foizga o‘sib, 10,34 trillion so‘mni tashkil qildi.
Mamlakat bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining 82,4 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ixtiyoriy sug‘urta umumiy sug‘urta mukofotlarining 83 foizini shakllantirdi. Amaldagi sug‘urta shartnomalari soni esa 12,34 milliontaga yetdi.