Iqtisod

O‘zbekiston kurashda ikki oltin va bir bronza medal oldi

O‘zbekiston kurashda ikki oltin va bir bronza medal oldi
O‘zbekiston kurashda ikki oltin va bir bronza medal oldi / Foto: Aichi–Nagoya 2026.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston kurash terma jamoasi vakillari Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida ikki oltin va bir bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

78 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Pokizaxon Kamoldinova Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. U yarim finalda hamyurti Shohista Nazarovani mag‘lub etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Nazarova bronza medalga ega bo‘ldi.

Final bahsida Kamoldinova Janubiy Koreya vakili Sumin Monga qarshi bellashib, g‘alaba qozondi va Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonga yana bir oltin medalni 81 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Ahror Ziyodullayev olib keldi. U finalda eronlik sportchi Ramin Ahmadzodani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Shu tariqa, Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining kurash bahslarida O‘zbekiston vakillari milliy delegatsiya jamg‘armasini ikki oltin va bir bronza medal bilan to‘ldirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.