O‘zbekiston Bishkek International Tourism Fair 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Bishkek International Tourism Fair 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Bishkek International Tourism Fair 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30-apreldan 2-mayga qadar Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan Bishkek International Tourism Fair (BITF) 2026 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi bilan faol ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli tadbir turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi B2B va B2C platformalardan biri hisoblanadi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston nomidan turoperatorlar, sanatoriyalar, hunarmandlar hamda Axsikent tarixiy majmuasi vakillari ishtirok etmoqda. Milliy stendda mamlakatimizning boy turizm salohiyati, noyob tarixiy-madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi va turli yo‘nalishdagi turistik mahsulotlari keng namoyish etilmoqda.

Ishtirokchilar tomonidan tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonning tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva kabi durdona maskanlari, ekologik va ziyorat turizmi yo‘nalishlari, shuningdek, sog‘lomlashtirish va gastronomik turizm imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Alohida e’tiborga loyiq jihatlardan biri — milliy hunarmandchilik mahsulotlari va Axsikent majmuasining turizm salohiyati bo‘lib, ular orqali O‘zbekistonning boy tarixiy ildizlari va madaniy an’analari namoyon etilmoqda. 

Mazkur ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Xususan, “Milliy PR-markazi” DM va Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish davlat agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

BITF-2026 O‘zbekiston turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va mamlakatimizga xorijiy turistlar oqimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling