Now.com: O‘zbekiston turizm sohasida Gonkong bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Now.com: O‘zbekiston turizm sohasida Gonkong bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

 

Now.com: O‘zbekiston turizm sohasida Gonkong bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Gonkongning mashhur ommaviy axborot vositalaridan biri “Now.com” nashri O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida turizmni munosabatlari to‘g‘risida material e’lon qildi. Materialda Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulovning nashrga bergan intervyusi ham yoritilgan.

“Gonkong hukumati so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi rivojlanayotgan bozorlarni faol ravishda o‘rganmoqda. Gonkongga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston turizmi rahbari stansiyamizga bergan eksklyuziv intervyusida Gonkong bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar bo‘yicha muhokamalar davom etayotgani, yaqin bir necha oy ichida xushxabar kutilayotganini aytdi. Rasmiy shuningdek, O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan Gonkong bizneslariga subsidiyalar va soliq imtiyozlari taqdim etilishini ta’kidladi”, deyiladi materialda.

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov tomonidan nashrga bergan eksklyuziv intervyuda O‘zbekistonga o‘tgan yili 11,7 million sayyoh kelganini, 2030-yilga borib esa bu ko‘rsatkichni 20 millionga yetkazish mo‘ljallanayotgani haqida gapirib o‘tgan.

“Biz Gonkong va O‘zbekistonning Toshkent shaharlari o‘rtasida yangi havo yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish ustida ishlayapmiz. Shuningdek, biz hamkorlar bilan Gonkongdan Bangkok orqali O‘zbekistonga yo‘l ochish va ikki davlatni bog‘lash imkoniyatini muhokama qilmoqdamiz. Bizda ko‘plab tarixiy maskanlar, qadimiy ibodatxonalar va boshqa diqqatga sazovor joylar bor. O‘zbekiston turizmini Gonkongdan bo‘ylab kengroq masshtabda targ‘ib qilish harakatidamiz” deb aytib o‘tgan Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov.

Shuningdek materialda Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat sifatida O‘zbekiston so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atini qariyb 6% atrofida saqlab turgani, sayyohlarni jalb qilishdan tashqari, mamlakat Gonkong ishbilarmonlarining O‘zbekistonga sarmoya kiritishga undayotganligi qayd etilgan. Bu borada O‘zbekiston hukumati mehmonxona va turizm sohalariga soliq to‘lovlarida va boshqa bir qator yo‘nalishlarda imtiyozlar taqdim etilayotganligi yoritilgan.

“Agar to‘rt yulduzli toifadagi mehmonxona qurilsa, har bir xonaga 5000 AQSh dollari miqdorida subsidiya beriladi. Uch yulduzli mehmonxonalarda esa har bir xona uchun 3500 AQSh dollari ajratiladi. Mehmonxona qurib bitkazilgach, yetti yilgacha soliq imtiyozlarini taklif qilinadi. Bu imkoniyatlar barcha  investorlar qatori gonkongliklarga ham taqdim etiladi”, deb ta’kidlagan Abdulaziz Aqqulov:

“Hozirda Gonkong fuqarolari O‘zbekistonda 10 kungacha vizasiz, elektron vizasi bilan esa 30 kungacha qolishlari mumkin. Agar ular bir oydan ortiq qolishni xohlasalar, ular “e-Visa” tizimi orqali uzaytirish uchun ariza berishlari mumkin va javob odatda ikki kun ichida olinadi” deb yakunlangan materialni “Now.com” nashri.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling