Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğonaning “Neftçi” klubi futbol böyiça Özbekiston çempionatini yettinçi marta qölga kiritdi. Superliganing 29-turida jamoa öz maydonida “Dinamo” bilan 2:2 hisobida durang öynadi.
Uçraşuv davomida mezbonlar raqibdan ikki gol farqi bilan ortda borayotgan edi. Jamşid Iskanderov penaltidan ikki marta aniq foydalanib, “Neftçi”ga hisobni tenglaştirişga yordam berdi.
Qölga kiritilgan bir oçko mavsum yakunlanişiga bir tur qolganida çempionlikni rasmiylaştiriş uçun yetarli böldi.
Bunga qadar farğonalik klub 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 va 2025 yillarda mamlakat çempioni bölgan.