Moliya

Muddatli tölov bilan savdo qiluvçilar Markaziy bankda hisobga qöyiladi

Muddatli tölov bilan savdo qiluvçilar Markaziy bankda hisobga qöyiladi
Muddatli tölov bilan savdo qiluvçilar Markaziy bankda hisobga qöyiladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki çoraklik savdo aylanmasi 500 mln sömdan oşadigan va sotuvlarining kamida 50 foizini muddatli tölov asosida amalga oşiradigan savdo taşkilotlarini hisobga qöyişni taklif etmoqda. Nizom loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Muhokama 2026 yil 1 dekabrga qadar davom etadi.

Yangi tartibni 2027 yil 1 yanvardan joriy etiş rejalaştirilgan. Hujjat «Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida»gi qonun hamda Prezidentning 2026 yil 14 avgustdagi «Aholiga muddatli tölov xizmatlarini körsatişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-294-son qaroriga muvofiq tayyorlangan. Loyiha Soliq qömitasi bilan kelişilgan.

Prezident qaroriga köra, 2027 yil 1 yanvardan boşlab muddatli tölov xizmatlari operatorlari faqat Markaziy bank reyestriga kiritilganidan keyin faoliyat yuritişi mumkin. Loyihada uşbu reyestrga kiriş tartibi aniqlaştirilgan. Banklar va mikromoliya taşkilotlari tartibga soluvçini xabardor qiliş orqali reyestrga kiritiladi, boşqa yuridik şaxslar esa Markaziy bankda hisob röyxatidan ötişi kerak.

Hujjatda tovar iste’mol krediti iste’molçi tomonidan xarid qilingan tovarlar, işlar yoki xizmatlar haqini qismlarga bölib tölaş şaklida olinadigan kredit sifatida belgilangan. Bunday kreditni iste’mol tovarlari işlab çiqaruvçilari va ularni sotuvçi taşkilotlar taqdim etişi mumkin. Bunda işlab çiqaruvçilar hisobga qöyiliş talabidan ozod etiladi.

Hisobot davri sifatida har bir çorak belgilangan. Sotuvlardan tuşgan aylanma Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Muddatli tölov böyiça aylanmaga bunday savdolardan olingan daromadlar, jumladan, foizli daromadlar ham kiritiladi.

Taşkilotlar muddatli tölov uluşini har bir çorak yakunida mustaqil hisoblaşi kerak. Buning uçun muddatli tölov asosidagi sotuvlar aylanmasi umumiy realizatsiya aylanmasiga bölinadi va 100 ga köpaytiriladi.

Har ikki mezondan ham oşgan kompaniya Markaziy bankka hisobga qöyiş va reyestrga kiritiş uçun ariza hamda tegişli hujjatlarni taqdim etişi şart. Buning uçun belgilangan muddat — çorakdan keyingi oyning 20-sanasiga qadar. Taqdim etilgan ma’lumotlarning işonçliligi uçun taşkilotning özi javob beradi.

Soliq qömitasi esa bunday sotuvçilarni elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn nazorat-kassa texnikasi çeklari orqali aniqlaydi. Bunda QQS summasi alohida körsatilgan tovarlar, işlar va xizmatlar qiymati hisobga olinadi. Hisob-kitobga IKPUning uçta kodi böyiça operatsiyalar kiritiladi.

10403 00300 8000002 kodi kreditlar böyiça foizli daromadlarni, 10403 00301 3000001 kodi moliyaviy ijara (lizing) xizmatlari böyiça foizli daromadlarni anglatadi. 10406 00300 4000000 kodi esa lizingni ham öz içiga olgan vositaçilik faoliyatidan olinadigan foizli daromadlarga taalluqli. Vositaçilik şartnomalari böyiça aylanma çekda körsatilgan komitentning (vositaçilik şartnomasi böyiça topşiriq beruvçining) STIRi asosida tegişli taşkilotga biriktiriladi.

Qömita bunday sotuvçilar haqidagi ma’lumotlarni öz şakli böyiça elektron körinişda axborot tizimlari orqali Markaziy bankka taqdim etadi. Çeklar çorak yakunlanganidan keyin ham Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi «Onlayn nazorat-kassa maşinalari va virtual kassa tizimini qöllaşni ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi 943-son qarorida belgilangan tartibda tuzatilişi mumkin. Bunday holatda qömita tartibga soluvçiga aylanma böyiça yangilangan ma’lumotlarni yuboradi.

Bunday taşkilotlarni aniqlaş jarayoni tört bosqiçda amalga oşiriladi. Çorakdan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Soliq qömitasi ehtimoliy talablarga javob beradigan taşkilotlar röyxatini şakllantiradi va şu muddatning özida ular haqidagi ma’lumotlarni Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank ma’lumotlarni beş iş kuni davomida tahlil qiladi va zarurat bölganda aniqlik kiritiş uçun qöşimça ma’lumot söraydi. Qömita bunday sörovga ham beş iş kuni içida javob beradi.

Sönggi bosqiçda Markaziy bank taşkilotlarning özi taqdim etgan ariza va hujjatlarni körib çiqadi. Agar kompaniya qonunçilik va nizom talablariga javob bersa, u hisobga qöyiladi hamda reyestrga kiritiladi. Nizom matnida arizani körib çiqiş muddati qonunçilikka muvofiq belgilanişi körsatilgan. Biroq hujjatga ilova qilingan sxemada ma’lumotlar olingan paytdan boşlab 15 iş kuni deb belgilangan.

Markaziy bank soliq ma’lumotlaridan taşqari, öz vakolatlari doirasida boşqa manbalardan, jumladan, kredit byurolari ma’lumotlaridan ham foydalanişi mumkin.

Idoralar axborot tizimlarini töğridan-töğri integratsiya qiliş orqali elektron şaklda ma’lumot almaşadi. Texnik parametrlar, ma’lumotlar formati va ularni uzatiş kanallari qöşma texnik reglament bilan belgilanadi. Olingan ma’lumotlardan faqat nizomda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalaniş mumkin böladi. Ularga soliq va bank sirini saqlaş talablari tatbiq etiladi.

Agar taşkilot belgilangan mezonlarga javob bersa-yu, Markaziy bankda hisobga qöyilmasdan faoliyat yuritsa, bu nizom talablarining buzilişi hisoblanadi. Aybdor şaxslar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.