Moliya

“Kapitalbank” 50 mln dollarlik obligatsiyalar çiqaradi

“Kapitalbank” 50 mln dollarlik obligatsiyalar çiqaradi
“Kapitalbank” 50 mln dollarlik obligatsiyalar çiqaradi / Foto: “Kapitalbank”.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — AKB “Kapitalbank” umumiy qiymati 50 mln AQŞ dollariga teng bölgan, dollarda nominallangan foizli korporativ obligatsiyalarni muomalaga çiqaradi.

Tegişli qaror 2026 yil 29 oktyabr kuni Toşkent şahrida bölib ötgan bank aksiyadorlarining navbatdan taşqari umumiy yiğilişida qabul qilindi. Bu haqda “Kapitalbank” ATB xabar berdi.

Bank har birining nominal qiymati 100 dollar bölgan 500 ming dona egasi yozilgan obligatsiya joylaştiradi. Kupon stavkasi yillik 7 foizni taşkil etadi, kupon daromadi esa har uç oyda bir marta tölab boriladi.

Jami sakkizta kupon davri nazarda tutilgan. Qimmatli qoğozlarning muomala muddati muomala boşlangan sanadan e’tiboran 731 kunni taşkil etadi. Obligatsiyalar böyiça ta’minot nazarda tutilmagan.

Obligatsiyalar çiqariliş davlat röyxatidan ötkazilgan sanadan boşlab bir yil davomida oçiq obuna orqali joylaştiriladi.

Bitimlar qimmatli qoğozlarning uyuşgan bozorida savdolar taşkilotçisi qoidalariga muvofiq tuziladi. Anderrayter vazifasini «Kapital Securities» MÇJ investitsiya vositaçisi bajaradi.

Obligatsiyalar uçun tölov va ularni söndiriş AQŞ dollarida, naqd pulsiz şaklda amalga oşiriladi.

Hisob-kitoblar «Tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida çet el valyutasidagi qimmatli qoğozlar bilan operatsiyalarni amalga oşiriş uçun belgilangan qoidalar asosida ötkaziladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.