Sport

Jasurbek Jaysunov Oʻzbekistonning 20-oltin medalini qoʻlga kiritdi

Jasurbek Jaysunov Oʻzbekistonning 20-oltin medalini qoʻlga kiritdi
Jasurbek Jaysunov Oʻzbekistonning 20-oltin medalini qoʻlga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Jasurbek Jaysunov Ayti-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha 80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Final bellashuvida o‘zbek sportchisi Xitoy Taybeyi vakili ustidan g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Jaysunovning oltin medali O‘zbekiston terma jamoasining joriy Osiyo o‘yinlaridagi 20-oltin medali bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 65 ta medal bor: 20 ta oltin, 23 ta kumush va 22 ta bronza medal. Umumjamoa medallar jadvalida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.