Sport

Janni Infantino Toshkentdagi 90-maktabda futbol maydonini ochdi

Janni Infantino Toshkentdagi 90-maktabda futbol maydonini ochdi
Janni Infantino Toshkentdagi 90-maktabda futbol maydonini ochdi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkent shahridagi 90-sonli maktabda yangi futbol maydonining ochilish marosimida ishtirok etdi. Obyekt FIFA Arena loyihasi doirasida barpo etilgan.

Tadbirda O‘zbekiston sport vaziri, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi rahbariyati vakillari hamda milliy futbol faxriylari ham ishtirok etdi.

Marosim ishtirokchilari maktab o‘quvchilariga yangi sport maydonidan faol foydalanish, muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazish va kelgusida futbolda yuqori natijalarga erishish tilagini bildirdi.

Maydonning ochilishi o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish va ular uchun mashg‘ulotlar o‘tkazishga yana-da qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Tadbir yakunida Janni Infantino bolalarga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Marosim ishtirokchilari birgalikda suratga ham tushdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.