O‘zbekiston

Jamshidjon Abduzuxurov Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jamshidjon Abduzuxurov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mazkur tayinlov to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangani haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamshidjon Abduzuxurov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.