7
Iqtisod

Farğona viloyatida 500 MVt quvvatli quyoş elektr stansiyasi quriladi

Farğona viloyatida 500 MVt quvvatli quyoş elektr stansiyasi quriladi
Farğona viloyatida 500 MVt quvvatli quyoş elektr stansiyasi quriladi / Foto: Energetika vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatida 350 million dollar töğridan-töğri investitsiya jalb etgan holda 500 MVt quvvatli quyoş elektr stansiyasini quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Loyihani rivojlantiriş töğrisidagi kelişuvni Özbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ummonning Voltamp Energy SAOG kompaniyasi hamda mahalliy UET Construction kompaniyasi imzoladi.

Hujjatda loyihani hamkorlikda işlab çiqiş va uni amalga oşirişga tayyorgarlik köriş nazarda tutilgan.

Elektr stansiyasi işga tuşirilganidan söng, qayta tiklanuvçi energiya manbalari hisobiga yiliga 1 milliard kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarilişi kutilmoqda. Loyiha iştirokçilarining baholaşiça, bu har yili 250 million kub metr tabiiy gazni tejaş imkonini beradi.

Ayni paytda Voltamp Energy mutaxassislari quriliş uçun ajratilgan maydonni örganmoqda va loyihaning moliyaviy modelini işlab çiqmoqda. Uşbu işlar yakunlanganidan söng kompaniya tijorat taklifini taqdim etişni rejalaştirmoqda.

Quyoş elektr stansiyasidan taşqari, Voltamp kompaniyasining Texnokabel Group bilan transformatorlar uçun maxsus ötkazgiçlar işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça hamkorligi yuzasidan kelişuvlarga erişildi.

Şuningdek, Nura Group bilan hamkorlikda Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida yuqori kuçlanişli transformatorlar işlab çiqaruvçi zavod quriş rejalaştirilmoqda.

Uşbu taşabbuslarni amalga oşiriş qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan. Loyihalar yangi iş örinlarini ham yaratişi kutilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.