Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda birja savdolariga qöyilgan AI-80 rusumli benzin qayta işlaş korxonalarida xomaşyo sifatida foydalaniş uçun möljallangan. Uning sotilişi uşbu yoqilğini avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida sotiş qayta tiklanganini anglatmaydi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Vazirlik izohiga köra, AI-80 benzinidan yuqori oktanli benzin va boşqa kimyoviy mahsulotlar işlab çiqariş jarayonlarida foydalaniş mumkin.
Savdo şartlariga muvofiq, uşbu mahsulotni faqat tegişli litsenziyaga ega bölgan qayta işlaş korxonalarigina xarid qilişi mumkin.
Energetika vazirligi AI-80 benzinini avtomobil yoqilğisi sifatida sotişga nisbatan amaldagi çeklovlar saqlanib qolayotganini ta’kidladi. Şu sababli, benzinning birja savdolariga qöyilişi uşbu rusumdagi yoqilğining avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalariga qaytarilişini anglatmaydi.