Özbekiston

Deputat poliklinikalarda elektron navbatlarni töxtatişni taklif qildi

Deputat poliklinikalarda elektron navbatlarni töxtatişni taklif qildi
Deputat poliklinikalarda elektron navbatlarni töxtatişni taklif qildi / Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Davron Aripov Özbekistondagi oilaviy poliklinikalarda elektron navbat tizimini joriy etişni vaqtinça töxtatib turişni taklif qildi. Uning fikriça, avvalo tizimni bitta tibbiyot muassasasida töliq sinovdan ötkaziş zarur. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Taklif 24 noyabr kuni parlament quyi palatasining yalpi majlisida bildirildi. Majlis davomida deputatlar soğliqni saqlaş vaziri Eldor Adilovning tibbiyot sohasini raqamlaştiriş böyiça hisobotini tingladi.

Aripovning sözlariga köra, amaldagi tizim poliklinikalar infratuzilmasining öziga xos xususiyatlarini hisobga olmayapti va taşrif buyuruvçilar uçun qöşimça qiyinçiliklar tuğdirmoqda. Jumladan, navbat haqidagi ma’lumot aks ettiriladigan elektron tablolar köp qavatli binolarning birinçi qavatiga örnatilmoqda.

«Menimça, barça oilaviy poliklinikalarda elektron navbat tizimi işini vaqtinça töxtatib, bitta poliklinikadagi tajriba-sinovni oxiriga yetkaziş maqsadga muvofiq bölardi. Çunki köplab poliklinikalar köp qavatli. Navbat aks ettiriladigan elektron tablo birinçi qavatga örnatiladi, qolgan qavatlarda esa uni köriş imkoni yöq», — dedi deputat.

U, şuningdek, harakatlaniş imkoniyati çeklangan bemorlar duç kelayotgan muammolarga ham e’tibor qaratdi. Hatto oyoği singan yoki amputatsiya qilingan odamlar ham umumiy navbatda kutişga majbur. Qabuldan keyin esa boşqa xonalardagi navbatlarga turişlariga töğri keladi.

Parlament a’zosining ta’kidlaşiça, bemorlar har doim ham navbati qaçon kelişini tuşunavermaydi. Natijada tibbiyot muassasasiga taşrif uzoq kutiş jarayoniga aylanib qolmoqda.

Aripov poliklinikalardagi elektron navbat tizimining işlaşini tijorat banklaridagi şunga öxşaş tizimlar bilan taqqosladi. Uning qayd etişiça, bank filiallarida xizmatlar yagona makonda joylaşgani va taşrif buyuruvçilar uçun ma’lumotlar oçiqligi tufayli navbat mexanizmi samaraliroq işlaydi.

Deputat dastlab tizimni bitta poliklinikada sinovdan ötkazişni yakunlaş, muassasani zarur texnik infratuzilma bilan ta’minlaş, şundan keyingina takomillaştirilgan modelni mamlakat böylab tibbiyot muassasalariga joriy etişni taklif qildi.

Soğliqni saqlaş vazirining javobi

Eldor Adilov tibbiyot muassasalarida navbatlar bilan boğliq muammolar mavjudligini tan oldi. Uning aytişiça, hududlardagi poliklinikalarga taşriflari çoğida diagnostika xonalari va tor soha mutaxassislari kabinetlari oldida bemorlar töplanib qolganiga bir neça bor özi ham guvoh bölgan.

Vazir raqamli texnologiyalarni joriy etiş bir qator afzalliklar bilan birga muayyan noqulayliklarni ham keltirib çiqarişi mumkinligini ta’kidladi.

Şu bilan birga, fuqarolar elektron navbatga turiş va şifokor qabuliga onlayn yoziliş uçun DMED axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanişlari mumkin.

Adilov banklardagi elektron navbat tizimlari zarur infratuzilma bilan yaxşiroq ta’minlangani borasida deputatning fikriga qöşildi. Uning sözlariga köra, yangi tibbiyot muassasalarini quriş, şuningdek, mavjudlarini rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş jarayonida Soğliqni saqlaş vazirligi boşqa qavatlarga qöşimça elektron tablolar va ovozli xabar beriş tizimlarini örnatişni ham nazarda tutmoqda.

«Haqiqatan ham, infratuzilmamizda hali amalga oşirilişi kerak bölgan işlar juda köp», — dedi vazir.

Şu bilan birga, vazir elektron navbat tizimini töxtatiş taklifini qöllab-quvvatlamadi. Uning fikriça, uşbu tizimdan voz keçiş odatiy navbatlarga qaytişga olib keladi va fuqarolar uçun poliklinikalarga taşrifni qulaylaştirmaydi.

«Agar hozir elektron navbatni olib taşlasak, bu rus tilida „jivaya oçered“ deb ataladigan oddiy navbat tizimiga qaytişga olib keladi… Hozir elektron navbatdan voz keçiş fuqarolarimiz uçun qulaylik yaratmaydi. Siz bu muammoni töğri kötardingiz. Biz uni hal qiliş, tizimni takomillaştiriş ustida işlaymiz. Öylaymanki, yaqin kelajakda bu jarayonlarni tartibga solamiz», — dedi Adilov.

Şu majlisda vazir davlat hisobidan rejali statsionar davolaniş uçun navbatlar köpayganini ham izohladi. Uning aytişiça, bu holat moliyalaştirişning çeklangani va tibbiy yordamga muhtoj bemorlar soni köpligi bilan boğliq.

Vazir, şuningdek, axborot tizimida davolaniş uçun avval berilgan elektron yöllanmalar öz vaqtida yopilmasligi oqibatida sun’iy navbatlar yuzaga kelayotganini tan oldi. Uşbu muammoni hal qiliş uçun Soğliqni saqlaş vazirligida işçi guruh tuzilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.