Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda texnologik startaplar uçun möljallangan Deal Velocity Bootcamp akseleratsiya dasturining yangi mavsumiga arizalar qabul qiliş boşlandi.
Dastur MOST C-Space Hub tomonidan boş hamkor United Ventures va Startup Booster bilan birgalikda taşkil etilmoqda. Bu mavsumda taşkilotçilar 10 kunlik jadal oflayn işlaşga möljallangan yangilangan formatni taqdim etdi.
Dastur 2026 yil 8 dekabrdan 17 dekabrga qadar bölib ötadi. Dastlabki beş kun iştirokçilar xabda, keyingi beş kun esa Toşkent yaqinidagi sayyor intensiv maşğulotlarda iştirok etadi.
Ta’lim davomida startaplar öz biznes modellari va bozorga çiqiş strategiyasini takomillaştiriş, investorlar uçun taqdimotlar tayyorlaş hamda Demo Day tadbirida öz loyihalarini namoyiş etiş imkoniyatiga ega böladi.
Dasturdan ekspertlar bilan maşğulotlar, mentorlar bilan individual uçraşuvlar va investorlar bilan muzokaralar ham örin olgan. Işçi tillar rus va ingliz tillari böladi.
Dasturda MVP bosqiçida bölgan va Özbekiston bozori uçun mahsulot işlab çiqayotgan texnologik startaplar iştirok etişi mumkin. Iştirokçilardan 10 kun davomida butun dasturda oflayn tarzda qatnaşişga tayyor böliş talab etiladi.
Butkemp yakunlari böyiça United Ventures iştirokçilarning loyihalarini körib çiqadi va ularning investitsiyaviy salohiyatini baholaydi. Şu bilan birga, taşkilotçilar yangi mavsum loyihalari uçun kafolatlangan moliyalaştiriş yoki investitsiya kiritiş böyiça majburiyatlar mavjudligini ma’lum qilmagan.
Deal Velocity dasturining birinçi mavsumida iştirok etgan startaplar umumiy qiymati 310 ming dollarni taşkil etgan dastlabki investitsiya majburiyatlariga ega bölgan.
Arizalar 2026 yil 5 dekabrga qadar qabul qilinadi. Dasturda iştirok etiş uçun https://investready.uz/dealvelocitybootcampuz sayti orqali ariza topşiriş mumkin.