Texnologiyalar

Özbekiston va KOICA hududlarda IT-ta’limni rivojlantirişni muhokama qildi

Özbekiston va KOICA hududlarda IT-ta’limni rivojlantirişni muhokama qildi
Özbekiston va KOICA hududlarda IT-ta’limni rivojlantirişni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) mamlakat hududlarida IT-ta’limni rivojlantiriş loyihasini amalga oşiriş böyiça keyingi qadamlarni kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Raqamli texnologiyalar vaziri örinbosari Rustam Karimjonov 16–25 noyabr kunlari Özbekistonda bölgan KOICA ekspertlari delegatsiyasi bilan yakuniy uçraşuv ötkazdi. Tomonlar Qoraqalpoğiston Respublikasi va Qaşqadaryo viloyatidagi loyiha maydonlarini dastlabki örganiş natijalarini körib çiqdi.

Jumladan, ekspertlar Nukus va Qarşi şaharlarida taşkil etiladigan ikkita IT-xab hamda hududlardagi 14 ta raqamli ta’lim markazi uçun ajratilgan bino va yer uçastkalarining texnik holati hamda joylaşuvini baholadi.

Uçraşuv iştirokçilari mutaxassislarning xonalarni tayyorlaş va ularni zamonaviy standartlarga muvofiq jihozlaş böyiça hisobotini muhokama qildi.

Bundan taşqari, tomonlar işlarning yakuniy rejasi, loyihani amalga oşiriş muddatlari hamda yoşlarni xalqaro standartlarga mos IT-ta’limga jalb qiliş mexanizmlarini kelişib oldi. Bitiruvçilarning yuqori maoşli iş örinlariga joylaşişiga kömaklaşiş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

«Özbekistonda IT-ta’lim ekotizimini takomillaştiriş orqali yoşlarning bandligi va tadbirkorlik salohiyatini oşiriş» loyihasi 2026–2032 yillarga möljallangan.

Loyihani moliyalaştiriş Janubiy Koreya hukumati tomonidan ajratiladigan 14 million dollarlik grant hisobidan amalga oşirilişi belgilangan.

Taşabbus hududlarda raqamli ta’lim infratuzilmasini mustahkamlaş, şuningdek, yoşlarning startaplari va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.