Özbekiston

Özbekiston biznes-ombudsmani Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni muhokama qildi

Özbekiston biznes-ombudsmani Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Özbekiston biznes-ombudsmani Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Biznes Ombudsmani matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil — biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev Yevropa Ittifoqi vakillari bilan tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Biznes-ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv Toşkentda bölib ötgan «Biznesda halollik» mavzusidagi V xalqaro forum doirasida taşkil etildi. Yevropa Ittifoqi delegatsiyasiga Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi vakolatxonasi hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi Xristos Marazopulos rahbarlik qildi.

Tomonlar davlat nazorati va ruxsat beriş tartib-taomillarini takomillaştirişda Yevropa tajribasidan foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Şuningdek, tadbirkorlar murojaatlarini tizimli tahlil qiliş hamda hududlarda biznes hamjamiyati bilan muloqotni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarning alohida mavzusi mutaxassislar uçun amaliy seminarlar, ekspertlar uçraşuvlari va öquv dasturlarini taşkil etiş böldi.

Bunda Yevropa Ittifoqining texnik yordam körsatiş böyiça TAIEX dasturi ham ehtimoliy vositalardan biri sifatida körib çiqildi.

Bundan taşqari, uçraşuv iştirokçilari tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan qöşma taşabbuslarni muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.