Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Migratsiya agentligi vakillari Avstriyada 16–17 noyabr kunlari ötkazilayotgan 11-Vena migratsiya konferensiyasida (VMC 2026) iştirok etmoqda. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Tadbirni Migratsiya siyosati sohasida hamkorlikni rivojlantiriş xalqaro markazi (ICMPD) taşkil etdi. Konferensiyada Özbekiston nomidan agentlik direktorining örinbosari Elyor Toştemirov iştirok etmoqda.
Konferensiyada davlat organlari, xalqaro taşkilotlar, ilmiy hamjamiyat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari qatnaşmoqda.
VMC 2026 dasturi uçta asosiy yönalişni qamrab olgan. Iştirokçilar geosiyosiy özgarişlar va xavfsizlik sohasidagi yangi tahdidlar şaroitida migratsiya sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda.
Alohida muhokamalar Yevropa bilan qöşni mintaqalarda aholi köçişi va tiklaniş jarayonlariga bağişlangan. Uçinçi yönaliş esa xalqaro mehnat mobilligi, kasbiy könikmalar va jahon mehnat bozorlaridagi özgarişlarni qamrab oladi.
Mehnat mobilligi böyiça muhokamalar doirasida mehnat bozorining özgarib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlaş masalalari körib çiqilmoqda. Iştirokçilar mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini ham muhokama qilmoqda. Bu mavzular Özbekiston fuqarolarining xorijda taşkiliy ravişda işga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş bilan boğliq.
Konferensiya doirasida Elyor Toştemirov Irlandiyaning Tadbirkorlik, turizm va bandlik departamenti Iqtisodiy migratsiya siyosati bölimi vakili Jeymi Kennedi bilan uçraşdi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Xususan, Özbekiston fuqarolarini Irlandiyada mavsumiy qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş imkoniyatlari körib çiqildi.
Yana bir uçraşuv ICMPDning «Migratsiya böyiça şeriklik mexanizmi» (MPF) dasturi katta koordinatori Jennifer Tangni bilan bölib ötdi.
Tomonlar Özbekistonning Yevropa Ittifoqi «Talent Partnerşips» taşabbusiga qöşilişida ICMPD tomonidan ekspertlik kömagi körsatiş imkoniyatlarini körib çiqdi. Şuningdek, Yevropa Ittifoqining ta’lim dasturlarini milliy ta’lim tizimiga integratsiya qiliş masalasi muhokama qilindi.
Bundan taşqari, Migratsiya agentligi delegatsiyasi Şvetsiyaning Xalqaro taraqqiyot hamkorligi agentligi (Sida) vakillari bilan ham uçraşuv ötkazdi.
Sidaning migratsiya sohasidagi faoliyat yönalişlaridan biri migrantlarning ixtiyoriy va xavfsiz qaytişiga kömaklaşişdan iborat.