Xitoyning YRPG farmatsevtika kompaniyasi O'zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishi mumkin
Xitoyning YRPG farmatsevtika kompaniyasi O'zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishi mumkin
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19 may kuni Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Xitoyning YRPG farmatsevtika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferi, mutaxassislar malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini tashkil etish hamda kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy korxonalar bilan sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ining investitsiyaviy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.