Shavkat Mirziyoyev
Barcha maqolalar
O‘zbekiston Prezidenti Jozef Baydenga Yangi Orleandagi terrorchilik akti munosabati bilan hamdardlik izhor etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Orlean shahrida sodir bo‘lgan terrorchilik akti natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga hamdardlik yo‘lladi.
O‘zbekiston Prezidenti analitik va tadqiqot strukturalari uchun muvofiqlashtiruvchi kengash tuzdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-dekabr kuni mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga oid strategik tahlil va tadqiqotlarni tashkil etishga qaratilgan qarorni tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Gaz qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni gaz qazib olishning joriy holati va uni yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekiston 2025-yilda 43 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni investitsiya bo‘yicha 2024-yildagi natijalar sarhisobi va kelgusi yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston Prezidenti "Aksa Enerji " kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning "Aksa Enerji" kompaniyasi raisi Jamil Kazanchini qabul qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi raisi, "ACWA Power" kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashuvida Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Prezidenti energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.
Navoiy viloyatida investitsiya va bandlik imkoniyatlari katta
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-dekabr kuni Navoiy viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.