Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya va Özbekiston mudofaa vazirlari Andrey Belousov va Botir Qudratxöjayev 2027 yilga möljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzoladi.
Hujjat Rossiya mudofaa idorasi rahbarining Özbekistonga işçi taşrifi doirasida ötkazilgan muzokaralar yakunlari böyiça imzolandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Belousovning ta’kidlaşiça, ikki mamlakat mudofaa idoralari örtasidagi hamkorlik yuqori darajaga yetgan va izçil kengayib bormoqda.
Uning sözlariga köra, hamkorlik, jumladan, Markaziy Osiyoda umumiy xavfsizlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Tomonlar 2026–2030 yillarga möljallangan harbiy sohadagi strategik şeriklik dasturini amalga oşirmoqda. Uning doirasida har yili 60 dan ortiq tadbir ötkaziladi.
Qöşinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi, şuningdek, qöşma harbiy maşğulotlar hamon ustuvor yönalişlardan biri bölib qolmoqda. Oktyabr oyida Rossiya va Özbekiston quruqlik qöşinlari bölinmalari “Termiz” poligonida qöşma vazifalarni bajarişni maşq qildi.
Belousov harbiy xizmatçilarni öqitiş va qurolli kuçlar faoliyatiga oid masalalar böyiça muntazam maslahatlaşuvlar ötkaziş muhimligini ham qayd etdi. Rossiya tomoni öz ixtisoslaştirilgan harbiy öquv markazlarida özbekistonlik harbiylarning malaka oşiriş stajirovkalariga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bundan taşqari, jangovar tajribaga ega rossiyalik instruktorlar rahbarligida kompleks maşğulotlar va treninglar ötkazilmoqda.
Rossiya mudofaa idorasi Özbekiston Qurolli Kuçlarining jangovar salohiyatini oşiriş va jamoaviy xavfsizlikni mustahkamlaş maqsadida hamkorlikni davom ettiriş niyatida.
Öz navbatida, Qudratxöjayev Özbekiston prezidentining salomini yetkazdi.
U harbiy hamkorlik rivojidagi ijobiy sur’atlarni qayd etib, Özbekistonning mudofaa va mintaqaviy xavfsizlik sohalarida Rossiya bilan hamkorlikni yana-da kengaytirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.