O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi belgilandi

UzDaily · 09.12.2025 · 23:03 · 1273 views
Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi belgilandi

Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3720-son, 06.12.2025 y.).

Mazkur Nizom narkologik kasallikka chalingan shaxslarni sud qarori asosida majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Bemorlar muassasaga qabul qilingan kundan eʼtiboran 5 kunlik muddatda majburiy davolashning davomiyligi narkologiya muassasasining rahbari hamda 2 nafar narkolog shifokordan iborat bo‘lgan tibbiy komissiya tomonidan belgilanadi.

Bunda narkologik bemorlarni majburiy davolash davomiyligi 18 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Bemorlar narkologiya muassasasidan quyidagi sabablarga ko‘ra chiqariladi:

majburiy davolash muddati tugagach va narkologik bemor sog‘lig‘ining klinik holatini hisobga olgan holda;

majburiy davolashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan qo‘shimcha og‘ir kasalliklar aniqlanganda.

UzDaily · 👁 1273 views · 09.12.2025 · 23:03