7
Iqtisod

Oʻzbekiston va Cengiz Holding yangi energetika loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Cengiz Holding yangi energetika loyihalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Cengiz Holding yangi energetika loyihalarini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashi doirasida “Cengiz Holding” boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi oshib, yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

“Cengiz Holding” bilan muloqot davomida energetika, geologiya va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarini barpo etish hamda elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.