O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Turizm

O‘zbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga safarlari uch barobar oshdi

Dilafro'z Niyazova · 08.09.2026 · 12:05 · 31 views
O‘zbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga safarlari uch barobar oshdi
O‘zbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga safarlari uch barobar oshdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyul oylarida 167 337 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga borgan.

2025 yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 15,6 ming kishiga yoki 10,3 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

So‘nggi bir necha yil davomida Saudiya Arabistoniga turistik safarlar dinamikasi sezilarli darajada o‘zgardi. 2022 yil yanvar–iyul oylarida mamlakatga qariyb 50 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan.

2023 yilda bu ko‘rsatkich 35,2 ming kishigacha kamaydi. 2024 yilda esa safarlar soni 106,5 mingtaga yetdi, 2025 yil yanvar–iyul oylarida 151,7 ming kishini tashkil qildi.

2026 yilning yetti oyida Saudiya Arabistoniga safarlar soni 167,3 ming kishini tashkil etdi.

Shu tariqa, 2022 yil yanvar–iyul oylariga nisbatan mazkur ko‘rsatkich uch barobardan ko‘proq oshgan.