Iqtisod

O‘zbekiston va YI yer qaʼridan foydalanish sohasida yangi loyihalarni muhokama qildi

O‘zbekiston va YI yer qaʼridan foydalanish sohasida yangi loyihalarni muhokama qildi
O‘zbekiston va YI yer qaʼridan foydalanish sohasida yangi loyihalarni muhokama qildi / Foto: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar hamda WMC Group rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar tog‘-kon sanoati va geologiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv 28 sentyabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov hamda vazirlikning masʼul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tog‘-kon sanoati hamda geologiya sohalaridagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.

Shuningdek, ishtirokchilar Niderlandiyaning O‘zbekiston bilan tog‘-kon sanoati va mineral resurslar sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini ko‘rib chiqdi.

WMC Group vakillari kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati, joriy ishlari va amalga oshirilayotgan loyihalari haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar keyingi hamkorlik istiqbollari, yangi loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlari va o‘zaro manfaatli boshqa masalalarni ham muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.