Valyuta kurslari 05/11/2024
$1 – 12790.12
UZS – -0,04%
€1 – 13936.11
UZS – 0,3%
₽1 – 130.03
UZS – -1,21%
Qidirish
O‘zbekiston 26/09/2024 O‘zbekiston Prezidenti "Franklin Templeton" kompaniyasi bilan hamkorlik kengayib borayotganini ta’kidladi

O‘zbekiston Prezidenti "Franklin Templeton" kompaniyasi bilan hamkorlik kengayib borayotganini ta’kidladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etayotgan "Franklin Templeton" kompaniyasi bosh investitsiya direktori Manraj Sekxonni qabul qildi.

"Franklin Templeton" aktivlarni boshqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi, 30 ta mamlakatda 100 dan ortiq ofisi mavjud.

Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy investitsiya fondini rivojlantirish, strategik davlat korxonalarini transformatsiya qilish va ularning aksiyalarini fond bozorlariga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat korxonalari samaradorligini oshirish, kapital bozorini rivojlantirish va "xalqchil IPO" o‘tkazish bo‘yicha dasturlarda qatnashishdan manfaatdorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling